Dunyoning qator jurnallari muqovasini bezagan MMA ayol jangchisi Misha Teyt faoliyatini yakunladi

15:39, 14 noyabr

Aralash qoidalar bo`yicha sobiq MMA chempioni Misha Teyt faoliyatini yakunlaganligini ma`lum qildi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.

Amerikalik jangchi 12 noyabr kuni AQShning Nyu-York shahrida UFC 205 turniri doirasida Rakel Penningtonga kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo`ygandi.

Hakamlar bir ovozdan Rakelning g`alabasini ta`minlashgan edi. Misha Teyt dunyoning eng chiroyli jangchi-qizlaridan biri hisoblanadi. U bir necha marotaba dunyoning ko`zga ko`ringan jurnallari muqovasini bezagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!