Peshonasida bir tutam oq sochi bor ona va qizaloq internetda mashhur bo`ldi(Foto)

15:49, 14 noyabr

AQShning Janubiy Karolina shtati Rijlend shahrida yashovchi oila a`zolari boshqalardan ajralib turuvchi sochlari bilan internetda mashhur bo`lib ketdi, deb yozadi “Woman.ru”.

Ular haqida ilk marta Britaniyaning  Yahoo.com portali ma`lumot berdi. Gap shundaki, bu oiladagi to`rt avlod ayollari peshonasida bir tutam oq soch bilan tug`ilmoqda. 

18 oylik Millianna Vorsining suratlari internet orqali butun dunyoga tarqaldi. Uning peshonasidagi bir tutam oppoq soch barchani hayratga solmoqda. Bundan tashqari, qizaloqning onasi va buvisi ham xuddi shunday oq sochga ega. 

Mutaxasislarning fikriga ko`ra, bu hodisa polioz deb ataladi. Mazkur kasallik tufayli sochlarning rangi uchun javob beradigan pigmentlar ishlab chiqarilmaydi. 

“Biz sochimizda bir tutam oq soch paydo bo`lishi sabablarini bilmaymiz. Katta buvimizni asrab olishgan, u o`zining biologik oilasi bilan hech qachon uchrashmagan”, — deydi qizaloqning onasi Brianna. “Singlimda bunday oq soch yo`q. Biroq men Milliannada oq soch bo`lishiga umid qilgandim, chunki o`zim ham oq soch bilan tug`ilganmanda. Farzandim tug`ilganidan so`ng uni ustimga yotqizishganida uning sbir tutam oq sochini ko`rib, xursand bo`lganman...”














Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!