Buxoroda Turkmaniston madaniyati kunlarining tantanali yopilish marosimi bo`lib o`tdi

16:56, 14 noyabr

Turkmaniston madaniyati kunlari tadbiri doirasida Buxoro san`at kollejida turkman filmlari namoyish etildi. Taniqli rejissyor Bulat Mansurov tomonidan suratga olingan tinchlik va ezgulik kuychisi Shukur baxshi haqidagi “Bellashuv” badiiy filmi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. 

Buxoro san`at kolleji o`quvchilari mehmonlarga o`zlari yaratgan Turkmanistonning o`ziga xos tabiati, turkman xalqining hayoti, urf-odat va an`analari aks etgan tasviriy san`at asarlarini namoyish qildi. 

Mamlakatimizda 130 dan ziyod turli millat va elat vakillari, jumladan, turkman millatiga mansub fuqarolar ahil-inoq yashab, barchamiz uchun yagona bo`lgan O`zbekistonimiz taraqqiyoti yo`lida samarali mehnat qilmoqda. Buxoro viloyatida 11 mingga yaqin qardosh xalq vakillari istiqomat qiladi. Ularga o`z milliy an`ana va urf-odatlarini asrash va rivojlantirish uchun barcha sharoit yaratilgan. 

Turkmaniston madaniyati kunlari ikki mamlakat san`atkorlarining konsert dasturi bilan yakunlandi, deya xabar beradi O`zA.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!