Tizzasidan jarohat olgan Ueyn Runi Angliya termasiga yordam bera olmaydi

08:15, 15 noyabr

Angliya terma jamoasi hamda “Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Ueyn Runi milliy jamoa safida tizzasidan jarohat oldi. Bu haqda The Guardian nashri ma`lum qilmoqda.

Ta`kidlanishicha, tajribali hujumchi “Manchester Yunayted” ixtiyoriga qaytgan va klub qarorgohida davolanish jarayonini davom ettiradi.

Ueyn Runi Ispaniyana qarshi o`rtoqlik o`yinida maydonga tushmaydi. Uning jarohati qanchalik og`ir ekani va tiklanishiga qancha vaqt kerakligi hozircha noma`lum.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!