“Sevinch” – to`qqiz karra O`zbekiston Kubogi sohibi!

09:03, 15 noyabr

Toshkent shahridagi “Jar” stadionida ayollar o`rtasidagi O`zbekiston Kubogi-2016ning final uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bu haqda “Sevinch” PFK matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda “Sevinch” jamoasi Bekobodning “Metallurg W” jamoasi bilan bahs olib bordi. Finalda 0:2 hisobida jamoamiz g`alaba qozonib, XV O`zbekiston Kubogini qo`lga kiritdi.

Uchrashuvdagi gollarni Feruza Turdiboeva, Zebo Jo`raevalar kiritdi. Shunday qilib, “Sevinch” o`z tarixida to`qqiz karra O`zbekiston Kubogi sohibi bo`ldi.

XV  O`ZBEKISTON  KUBOGI.   FINAL

“Metallurg W” (Bekobod) - ”Sevinch” (Qarshi) 0:2

14.11.2016.  ”JAR” stadioni. Soat 14:00da

Bosh hakam: Anna Sidorova (Toshkent)

Gollar: Feruza Turdiboeva, 2′-0:1, Zebo Jo`raeva, 14′-0:2

“Sevinch” jamoasi bu yilgi ayollar o`rtasida o`tkazilgan mini futbol bo`yicha ham, ktta futbol bo`yicha ham hamma sovrinlarga egalik qildi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!