Bemor qizga jigarini hadya qilgan yigit operasiyadan keyin unga uylandi

10:17, 15 noyabr

Bemor qiz Xizerning hayotini saqlab qolish uchun qanchalik harakat qilinmasin, unga jigarini hadya etuvchi donor topishning imkoni yo`q edi, chunki qiz bir ming to`qqiz yuz o`n to`qqizinchi bo`lib, navbatda turardi, deb xabar berdi “Nonbox.ru” nashri.

Kris Dempsi turmush o`rtog`i Xizer Kryugerni bundan ikki yil muqaddam uchratgandi. Ular ilk marotaba uchrashganda qiz 4 darajali jigar xastaligidan ikki yildan beri aziyat chekardi. Vrachlar unga yaqin 2 oy mobaynida sog`lom jigar ko`chirib o`tkazilmasa, hayoti xavf ostida ekanligini  bildirdi. Ammo unga jigarini hadya etuvchi donor topishning iloji bo`lmaydi.

 

Bir kuni Kris ishda o`tirganda hamkasbi unga bemor qarindoshi haqida so`z ochib qoladi. Kris “Agar o`zim shunday vaziyatga tushganimda nima bo`lardi?” degan xayolga boradi va hech qachon ko`rmagan bemor qiz — Xizerga donor bo`lish uchun zaruriy testdan o`tadi. Ular ilk marotaba 2015 yilning fevral oyida uchrashishadi. Jigar ko`chirish operasiyasiga yaqin qolganda asosiy vaqtlarini birga o`tkazishdi. Kris o`shandayoq hammasi yaxshi bo`lishiga ishongan edi. 

“Operasiya oldidan juda asabiylashdim, ammo fikrimdan qaytishni xayolimga ham keltirmagandim”, deb xotirlaydi Kris.

Operasiyadan 8 oy o`tgach, Kris Xizerga turmush qurish taklifini berdi. Oradan bir yarim yil o`tgach, ularning to`yi bo`lib o`tdi. 

“Bu shunchalik his-hayajonga, quvonchga to`la onlar edi. Ayniqsa, Xizer bilan boshimizdan o`tgan qiyin lahzalarni eslasam... O`sha paytlarda jigarimni hadya etayotgan qiz keyinchalik rafiqamga aylanishini xayolimga ham keltirmagandim”, deydi Kris.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!