Krishtianu Ronaldu: Futbolni yaxshi ko`raman, ammo hayotimda boshqa quvonchlar ham bor

10:48, 15 noyabr

Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu professional faoliyatini imkon qadar uzoqroq bo`lishini istamoqda. Shuningdek, u futboldan tashqari hayotida boshqa quvonchlar bo`lishini ham aytdi, deb xabar beradi “Chempionat”.  

"41 yoshimdan so`ng nima qilaman? Balki, yangi shartnoma imzolarman. Hech kim kelajagi haqida ishonch bilan gapira olmaydi. Men o`ynashni istayman va ketishga sabab ko`rmayapman. Bir-ikki yildan so`ng maydonga tushishimga halaqit beradigan sabab paydo bo`lishi mumkin. Bilmayman, keyin nima bo`ladi, ammo men uzoqroq o`ynamoqchiman.

60 yoshimgacha havaskorlar darajasida o`ynamasam kerak. Nima bilandir mashg`ul bo`laman, axir futbol hayotdagi yagona quvonch emas. Men uni juda sevaman, ammo qachonlarlir boshqa sohani ham sinab ko`rish kerak", - deydi Ronaldu.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!