Igor Sergeev: Janubiy Koreyaga qarshi o`yin urushga teng

10:58, 15 noyabr

O`zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuv oldidan fikrlarini bildirdi, deb xabar bermoqda "Stadion" nashri. 

- Urush bo`ladi. Nega aynan urush? Chunki barcha jabhalarda kurash kechadi: ham ruhan, ham jismonan. Urushda g`olib bo`lishni xohlaganlar hech qanday qoidaga, mayda-chuydalarga qaramaydi, shuning uchun jamoalar qanday bo`lmasin g`alabaga intiladi. G`alaba qozonish kerak. Shuning uchun bu jumlani ishlatdim.

Har ikki tomon borini beradi. Bu bosqichda ruhiy va jismoniy kurash avjiga chiqadi. Men faqat ikki narsani keltirdim, bundan tashqari yana bir nechta mayda holatlar bor, umumjamoaviy, yana o`yinchilarning o`zaro to`qnashuvi ham bo`ladi. Shuning uchun shu jumlani ishlatdim, - deydi Igor Sergeev.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!