Jasur Umirovning konsertidagi tartibsizlik yohud bir kunda yozilgan 12 ta qo`shiq (Video)

10:59, 15 noyabr

14 noyabr kuni “Istiqlol” san`at saroyida xonanda Jasur Umirovning yakkaxon konserti start oldi. Konsertning ilk kuni saroy xonandaning ashaddiy muxlislari bilan to`lib toshdi.

Konsertda yangi qo`shiqlar barobarida Jasur Umirovning xitga aylangan taronalari yangradi. Aytish joizki, xonandani muxlislarning qanchalik sevishini zaldagi muhitdan anglash qiyin emasdi.

Konsertga jurnalist sifatida tashrif buyurganimiz sababli ayrim holatlar bizning e`trozlarimizga sabab bo`ldi. Aytaylik Jasur Umirovning sahnadan turib, tomoshabinlarga konsertdan bir kun oldin 12 ta tarona yozgani. Bu haqda gapirar ekan u “Bir kunda 12 ta qo`shiq yozgan san`atkorni eshitganmisizlar”, deya maqtanib qo`ydi. 

Xo`sh, bu xonandaning mas`uliyatsizligimi yoki?.. Nahotki yakkaxon konsertiga tayyorgarlik ko`rayotgan san`atkor ancha oldin e`lon qilingan konserti uchun bir kun qolganda qo`shiq yozsa?

Shuningdek, xonanda dasturi davomida muxlislar bilan muloqotga kirishga, ularning ko`nglidan yanada chuqur joy olishga urunar ekan o`zi bilmagan holda ko`plab xatolar qildi.

Birinchidan, xonanda konserti davomida har bir tarona o`rtasida tomoshabin bilan jonli muloqotga kirishga urundi, biroq uning bunga yaxshilab tayyorgarlik ko`rmaganligi sababli jumlalari bir-biriga qovushmadi. Ehtimol, bu xonandaning harakteriga xos bo`lgan holatdir, biroq sahnada ko`cha tilida so`zlashish, gaplarni uzuq –yuliq gapirish bu san`atkorning madaniyatiga mutlaqo to`g`ri kelmaydi degan fikrdamiz. 

Ikkinchidan, xonanda zaldagi tartibni saqlab turgan qo`riqchilarga muxlislarning erkinligini chegaramaslikni va saroy sahnasining bir qavati muxlislar uchun mo`ljallaganini ma`lum qildi. Bundan foydalangan tomoshabinlarning bir to`dasi sahnani butunlay egallab olishdi. Bu holatda xonanda 4-5 ta taronasini kuyladi. Ahiyri qo`riqchilar odamlarni sahnadan tushirishga kirishishdi, sababi zaldagi tomoshabinga sahna umuman ko`rinmay qolgandi.

Xonanda bu gapni muxlislari bilan yanada yaqinroq bo`lish uchun aytilgani tabiiy, biroq bu holat sahnada quyidagi videoda aks etgan tartibsizlik yuzaga kelishiga sabab bo`ldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!