O`zbekistonda avtomashinalar uchun chiroyli davlat raqamlari sotuvga chiqqani rostmi?

11:08, 15 noyabr

Bir necha kundan buyon ijtimoy tarmoqlarda O`zbekistonda avtomashinalar uchun chiroyli davlat raqamlari sotuvga chiqqani haqidagi ma`lumotlar keng muhokama qilinmoqda. «Daryo»ning Toshkent shahar Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasidagi manbasi avtomobillarga chiroyli raqamlar sotuvga chiqarilishi haqidagi gap-so`zlarni rad etdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga ko`ra, birinchi toifadagi «Platina» raqamlarning (001, 005, 007, 500, 700, 555, 777) narxi eng kam oylik ish haqining 200 baravari — 29 million 955 ming so`m qilib belgilangan.

Ikkinchi toifadagi «Oltin» raqamlar (002, 003, 004, 006, 008, 009, 100, 200, 300, 400, 600, 800, 900, 111, 222, 333, 444, 666, 888, 999) eng kam oylik ish haqining 100 baravari — 14 million 977 ming 500 so`m qilib belgilangan.

Uchinchi toifadagi «Kumush» raqamlar (010, 020, 030, 040, 050, 060, 070, 080, 090, 077, 101, 202, 303, 404, 505, 606, 707, 808, 909, 770) eng kam oylik ish haqining 50 baravari — 7 million 488 ming 750 so`m qilib belgilangan.

To`rtinchi toifadagi «Bronza» raqamlar (011, 022, 033, 044, 055, 066, 088, 099, 110, 220, 330, 440, 550, 660, 880, 990, 701, 702, 703, 704, 705, 706, 708, 709, 717, 727, 737, 747, 757, 767, 787, 797) eng kam oylik ish haqining 20 baravari — 2 million 995 ming 500 so`m qilib belgilangan.

Toshkent shahar Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasidagi «Daryo» manbasi ijtimoiy tarmoqlardagi chiroyli raqamlar va unga qo`yilgan narxlar haqidagi ma`lumotlar haqiqatga to`g`ri kelmasligini ma`lum qildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!