Shohruhxon yangi albomidagi eng yoqtirgan taronasini taqdim etdi (Audio)

11:56, 15 noyabr

Shohruhxonning Instagramdagi sahifasida yozishicha, mazkur tarona yangi albomdagi uning eng yoqtirgan taronasi bo`lgan.

14 noyabr kuni xonanda “Shaydo” deb nomlangan taronasini barcha FM radioto`lqinlari orqali taqdim etildi. Ushbu tarona ulug` shoir Zahiriddin Muhammad Boburning g`azaliga kuylangan.  

“Shaydo” yangi albomimdagi eng yoqtirganim bo`lib chiqdi. Fevral oyida bo`lib o`tadigan konsertimiz ham aynan shu qo`shiq bilan bog`liq”, deydi xonanda.

Eslatib o`tamiz, xonandaning yangi konsert dasturi 2017 yilning 11,12,13 fevral kunlari “Istiqlol” san`at saroyida bo`lib o`tadi. 

Avvalroq Boburning mazkur g`azalini O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ham qo`shiq qilgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!