Hindistonda kasallik tufayli bosh shakli o`zgargan bola Ganesha ma`budasi deb tan olindi

14:12, 15 noyabr

Hindistonda kasallik tufayli bosh shakli o`zgargan bolani qishloq aholisi Ganesha ma`budasi deb tan olib, unga sig`inmoqda, deb xabar berdi “Sun.day.az” nashri.

Panjob shtatining Jalandxar qishlog`ida yashovchi Pranshu ismli bolaning bosh va qovoqlar shakli o`zgarishiga kasallik sabab bo`lgan. Ammo qishloq aholisi buni boshqacha talqin qilib, Ganeshi ma`budasi qayta tug`ildi, deb hisoblamoqda. Ganesha odamlarga omad, baxt, boylik keltiruvchi ma`buda sanaladi.

Hatto maktabda bolaning o`qituvchilari ham unga bosh egib, ta`zim qiladi. Pranshu har payshanba kuni ibodatxona oldida olomon bilan uchrashadi. Uning otasi ham farzandini iloh deb hisoblaydi va boshqalar kabi unga ta`zim bajo aylaydi. Bolaning tana a`zolari ham ma`buda Ganeshaning tana a`zolariga o`xshaydi. U hammaga oq fotiha berib, duo qiladi. Qishloq ahli Pranshu bilan uchrashgan odamning orzu-istaklari amalga oshadi, deb hisoblaydi. “O`g`lim har kuni maktabga borganda, o`qituvchi va o`quvchilar uni gullar bilan kutib oladi. Tug`ilgandayoq, Pranshuning ko`zlari ma`buda Ganeshaning ko`zlarini eslatar, boshi ham katta edi. Uning boshi hozirgi paytda ham o`sib, kattalashib bormoqda”, deydi bolaning otasi. 

Pranshuga ham o`zini ma`buda obrazida ko`rish juda yoqar ekan. “Hamma meni Ganesha ma`budasiga o`xshatadi, hech kim haqiqiy ismimni bilmaydi. Hatto o`qituvchilarim ham meni ko`rganda ta`zim qiladi. Do`stlarim ham meni hurmat qilishadi, hech qachon masxara qilib, jig`imga tegishmaydi. Meni Ganesha Ji, deb atashlaridan mamnunman. Shundayligimcha qolishni istayman. Yuzimning, boshimning shaklidan norozi emasman”, deydi u.

Pranshu juda ham qashshoq oilada dunyoga kelgan. Uning otasi oddiy ishchi bo`lib ishlaydi. Pranshuning to`rtta akasi bor, eng katta akasi ham shu kasallikka chalingan. U Pranshudan farqli ravishda, o`zi yura oladi. Bola bir yoshga to`lganda mahalliy vrachlarga olib borilgan, ammo vrach unga aniq tashxis qo`ya olmagan va davolay olmagan.






Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!