Meteorologlar O`zbekistonda qachon qor yog`ib, sovuq tushishini aytishdi

14:21, 15 noyabr

Ushbu hafta oxirida O`zbekistonning bir necha viloyatlarida qor yog`ib, sovuq bo`lishi kutilmoqda. 

Gidrometeorologiya Markazi xabariga ko`ra, Qoraqalpog`istonda keskin sovuq tushishi kutilmoqda. Haftaning ikkinchi yarmida yog`ingarchilik bo`lib, yomg`ir qorga aylanishi mumkin. Shamol tezligi sekundiga 17-22 metrni tashkil qiladi. 17-19 noyabr kunlari havo harorati tunda —2…-7 darajagacha sovib, kunduzi  —2…+3 darajani tashkil qiladi. 

Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Toshkent va Farg`ona vodiysida ob-havo iliqroq  bo`ladi. 16-18 noyabr kunlari tunda +3…+8 va kunduzi +12…+17 daraja bo`lishi kutilmoqda. 19 noyabr kuni havo harorati   +5…+10 darajani tashkil qiladi, havo o`zgaruvchan bulutli bo`lib, yog`ingarchilik bo`lishi kutilmoqda. 

Ayrim hududlarda yomg`ir qorga aylanishi mumkin.  Shamol tezligi sekundiga 17-22 metrni tashkil qiladi. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ham shamol kuchayib, yomg`ir yog`ishi mumkin. 19noyabr kuni havo harorati tunda 0…-5, kunduzi —2…+3 darajani tashkil qiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!