Jasur Umirov “Dizayn” jamoasi tanqididan so`ng jonli kuylashga va`da berdi

14:25, 15 noyabr

Xonanda Jasur Umirov  14-15-16 noyabr kunlari “Istiqlol” san`at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etmoqda. Kosertning birinchi kunida “Darakchi.uz” muxbirlari mehmon bo`ldi.  

Konsertda “Dizayn” qiziqchilar jamoasi ham ishtirok etdi. Ularning xazillaridan tomoshabinlar miriqib kuldi. Ayniqsa, ularning Jasur Umirovni tanqid qilishlari kutilmagan holat bo`ldi. Navbatdagi qo`shig`ini ijro etib bo`lgan Jasur Umirov sahnada turganida “Dizayn” qiziqchilari chiqib keldi va Jasurga qarata: “Shuncha ustoz san`atkorlar, taniqli xonandalar oldida qo`rqmasdan, tortinmasdan fonogrammada kuylayotganingizga qoyil!”, dedi.

Bu “tanqid”dan biroz hijolat bo`lgan Jasur Umirov bugun, 15 noyabr kungi konsertida bir blokni to`liq jonli ijroda kuylashga va`da berdi.  

Jasur kiyimini almashtirib chiqqunicha “Dizayn” jamoasi tomoshabinlarni o`zlarining kulguli xazillari bilan xushnud qildi. 

“‘Dizayn’ jamoasini konsert dasturiga xush kelibsiz! Jasur Umirov konsertimizda qo`shiq aytishni iltimos qilgandi, yo`q deya olmadik” qabilidagi xazillar tomoshabinlarga manzur bo`ldi. 

Avvalroq Jasur Umirov konsertida kuylanadigan 12 ta qo`shiqni konsertga bir kun qolganida yozganini ma`lum qilgani haqida xabar bergan edik.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!