Qalin qoshlari tufayli masxara bo`lgan qiz mashhur modelga aylandi

14:58, 15 noyabr

Puertorikolik qalin qoshli Natalya Kastelyar qoshi tufayli boshqalarning kulgisiga qolgan bo`lsa-da, bu narsa uning AQShning Next Model Management modellik agentligi bilan shartnoma tuzishiga to`sqinlik qilmadi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

“Tezroq sayohatga chiqishni va ishni tezroq boshlashni xohlayapman. Kutishga sabrim etmayapti”, deydi hayajonlangan model. Natalya modalar olamida o`z o`rnini topganiga, turli fotosessiyalarda ishtirok etganiga qaramay, hamon odamlar ijtimoiy tarmoqlarda  u haqda salbiy fikr bildirishdan to`xtamayapti.  

Uning Instagram sahifasini 43 mingdan ortiq odam kuzatib boradi. Qiz tinimsiz ravishda suratlarini yangilab turadi.



Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!