Jasur Umirov konsertiga kelgan kichkina muxlisi bilan birga kuyladi

15:40, 15 noyabr

Xonanda Jasur Umirovning konsertining birinchi kuni ya`ni 14 noyabr qiziqarli hodisalarga boy bo`ldi. Tomoshabinlar ishtirokida ikki marta qiziqarli musobaqalar tashkillashtirildi. “Dizayn” guruhi sahnaga ikki nafar tomoshabinni taklif etdi va ular ishtirokida qiziqarli sahna ko`rinishini namoyish etdi. 

Konsert dasturida ko`plab bolalar ishtirok etdi. Ular xonandaga gul va boshqa esdalik sovg`alarini hadya etdi. 

Kosertga kelgan yuzlab bolajonlarni ko`rgan Jasur Umirov “Men bolajonlarning san`atkoriman” dedi. Ulardan biri xonanda bilan qo`shiq ham kuyladi. O`zini “Abubakir” deb tanishtirgan bolakay xonandaning “Taqdirim shu ekan” qo`shig`ini u bilan birga ijro etdi. Mazkur holat tomoshabinlar olqishiga sazovor bo`ldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!