Rossiyada yuz bergan yong`in oqibatida 30 yoshli ayol va uning 5 farzandi halok bo`ldi

16:15, 15 noyabr

Rossiyaning Tverskaya viloyati Spirovskiy tumani Penkovo qishlog`idagi uyda chiqqan yong`in oqibatida olti kishi halok bo`ldi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda

Yong`in 14 noyabr, dushanbadan seshanbaga o`tar kechasi yuz bergan. Oqibatda 30 yoshli ayol va uning besh nafar farzandi(to`rt o`g`il va bir qiz) halok bo`ldi.   

Yong`in paytida uyda bo`lgan erkak turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligining ma`lum qilishicha, yong`inni o`chirishga 35 kishi,14 ta texnik birlik jalb etilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!