Samsung yangi Galaxy S8`ni sun`iy intellekt bilan boyitadi

16:29, 15 noyabr

2017 yilda keng ommaga taqdim etiladigan Samsung kompaniyasining asosiy mahsuloti Galaxy S8 smartfoni sun`iy intellekt bilan ta`minlanadi.  Bu haqda kompaniya vakillari Seulda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida ma`lum qilishdi

“S8 II-agent ya`ni sun`iy intellektga ega birinchi smartfonimiz bo`ladi”, — deydi Samsung Electronics vise-prezidenti Ri Inyona. U shuningdek, kompaniya mazkur qarori bilan kelajak avlod texnologiyalari haqidagi taxminlarini amalga oshirmoqchi. Bunda qurilmalar insonlar hayotini yaxshilash uchun “aqllilashadi”. Gap Samsung Galaxy S8 smartfonida Viv virtual yordamchisini qo`llash haqida ketmoqda. Mazkur yordamchini Siri yaratuvchilari Dag Kittlaus va Adam Cheyer ixtiro qilgan. 

Samsung vakillarining so`zlariga ko`ra, mazkur tizim boshqa dasturchilar uchun ochiq bo`lib, ular tizimni o`z plaginlari bilan boyitish imkoniga ega bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!