Dunyo tarixidagi 10 buyuk “ikkichilar”

17:19, 15 noyabr

“Ikkichi” bo`lish uyat emasligini, balki ba`zi bir hurmatga sazovor mashhurlar ham bir paytlar maktabda yomon o`qiganligi haqidagi antipedagogik maqolani “Vospitaj.com” nashri e`tiboringizga havola etadi.

Fikrimizning isboti sifatida sizni quyida dunyo tarixida nom qoldirgan, mashhur “ikkichilar” bilan tanishtiramiz.  
1. Uinston Cherchill
O`ziga to`q oilaning farzandi bo`lgan takasaltang Uinston bolaligidanoq dars qilishni,  yoqtirmagan.  O`qituvchilar uni biror joyga yashirinib olib, yoshiga mos bo`lmagan kitoblarni o`qiyotganda topib olishgan. U ko`p adabiy kitob o`qisa-da, mashg`ulotda o`tirishni, topshiriqlarni bajarishni yomon ko`rgan. Vaqti kelib, “ikkichi” Uinston Cherchill adabiyot yo`nalishi bo`yicha Nobel mukofotini qo`lga kiritgan. 

2. Vladimir Mayakovskiy
Vladimir Mayakovskiy buyuk shoir hisoblangani bois ham uning maktabda yomon o`qiganligi haqida ko`p ham gapirilmagan...

3. Sergey Korolyov
Ballistik va geofizik raketalarni, ilk samoviy yo`ldoshlarni, kosmik kemalarni yaratgan Sergey Korolyov maktabda faqat uch bahoga o`qigan.

4. Richard Brenson
Multimillioner, Virgin Group korporasiyasi va fazoviy turizm ijodkori Richard Brenson ham yuqorida nomlari keltirilgan mashhurlardan kam bo`lmagan. Bo`lajak badavlat moliyachi darslarda ikki og`iz gapni eplab gapira olmagan, o`qituvchi doskaga chaqirganda duduqlanib, qizarib ketgan.

5. Isaak Nyuton
Isaak Nyuton toki uni do`sti kaltaklagunga qadar sinfdagi eng ikkichi o`quvchi bo`lgan. Shundan keyin Nyuton undan o`zib ketish maqsadida yaxshi o`qishga harakat qilgan.

6. Napoleon
Napoleon matematikadan tashqari barcha fandan yomon o`qigan.

7. Lyudvig van Betxoven
Lyudvig van Betxoven doim xato bilan yozgan, bo`lish va ko`paytirishni umuman bilmagan.

8. Albert Eynshteyn
Nisbiylik nazariyasi yaratuvchisi, Nobel mukofoti sohibi bo`lgan Albert Eynshteyn maktabda o`rtacha o`qigan. Uning ota-onasi farzandidan doim tanish-bilishlariga shikoyat qilgan va oddiy ishchi bo`lib ishlashiga ham ishonmagan.

9. Aleksandr Pushkin
Aleksandr Pushkin liseyda darslarni yaxshi o`zlashtira olmagan va arifmetika darsida yig`lab o`tirgan. Diplom olayotganda esa oxiridan ikkinchi bo`lgan.

10. Anton Chexov
Rus adabiyotining etuk namoyondalaridan biri bo`lgan Anton Chexov ham bilimi bilan maqtanadigan darajada bo`lmagan, u gimnaziyada sinfdan-sinfga qolib o`qigan…

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!