Samvel Babayan: Ikkita xato bizga qimmatga tushdi

08:21, 16 noyabr

Osiyo qit`asidan JCh-2018 turniriga saralash bosqichi 5-turidan o`rin olgan Janubiy Koreya — O`zbekiston (2:1) uchrashuvidan so`ng Samvel Babayan matbuot anjumanida o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

"Mag`lubiyatni tan olish judayam og`ir. Biz o`yinni yaxshi boshlagandik ammo, etakchilikni qo`ldan boy berdik.  Ikkita xato bizga qimmatga tushdi. Birinchi bo`limda yaxshi o`ynagandik.

Janubiy Koreya judayam kuchli jamoa hisoblanadi. Bu mag`lubiyat bizga qo`shimcha kuch beradi va biz o`z ustimizda ishlashda davom etamiz. Kelasi yilgi davrani intiqlik bilan kutamiz endi", - deydi Babayan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!