Turkiya Prezidenti O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi

09:47, 16 noyabr

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdo`g`an 17−18 noyabr kunlari O`zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda
 
Rajab Tayyib Erdo`g`anning O`zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov dafn etilgan Samarqandga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Turkiya rahbari, shuningdek, O`zbekiston Prezidenti v. b. Shavkat Mirziyoev bilan muzokaralar olib boradi. Ular davlatlar o`rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish masalalari hamda mintaqaviy va xalqaro mavzularni muhokama qiladi.

Eslatib o`tamiz, Rajab Tayyib Erdo`g`an O`zbekistonga 2003 yilning 18−20 dekabr kunlari Turkiya bosh vaziri sifatida kelgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!