JCh–2018 saralashi. Braziliya qatorasiga oltinchi o`yinda g`alaba qozondi

10:24, 16 noyabr

Janubiy Amerika mintaqasidan JCh–2018 turniriga saralash bosqichi 12-turida Braziliya terma jamoasi safarda Peru mehmoni bo`ldi.

Qiziqarli kechgan bahsda Braziliya terma jamoasi 2:0 hisobida g`alaba qozondi. Uchrashuvning 58-daqiqada esa Gabriel Jezus hisobni ochgan bo`lsa, 78-daqiqada Renato Augusto o`z goli bilan termasining g`alabasiga hissa qo`shdi.

Ilgariroq 12-tur doirasida Argentina va Chili terma jamoalari g`alaba qozongani haqida xabar bergandik

JCh–2018 saralashi. Janubiy Amerika

Peru – Braziliya 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar:
0:1 – 58 Gabriel Jezus, 0:2 – 78 Renato Augusto.
Peru – Galese, Ramos, Yotun, Korso (Advinkula, 78), Rodriges, Akino, Loyola, Kueva, Karrilo (Ruidias, 62), Gerrero, Polo (Sanches, 75).
Braziliya – Alisson, Markinos, Filipe Luis, Dani Alves, Miranda, Renato Augusto, Fernandino, Paulino, Koutino (Duglas Kosta, 86), Neymar, Gabriel Jezus (Villian, 82).
Ogohlantirishlar: Renato Augusto (3), Loyola (17), Kueva (46).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!