Qarshilik fuqaro hamqishlog`ining noutbuki va 400 dollar pulini o`g`irlab ketdi

10:48, 16 noyabr

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani IIBga Kaxlak qishlog`ida yashovchi fuqaroning uyiga noma`lum shaxs yashirin ravishda kirib, yotoqxonasidan "Aser" rusumli noutbuki va 4000 AQSh dollarini o`g`irlab ketganligi haqida xabar kelib tushib, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati

Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar xodimlari tomonidan jabrlanuvchi hamda voqeaga guvoh bo`lgan kishilar bilan tezkor surishtiruv ishlari olib borilib, gumonlanuvchi shaxsning alohida belgilari aniqlandi. Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni shu qishloqda yashovchi 20 yoshli fuqaro sodir etganligi aniqlandi va qo`lga olindi.

Hozirda uning boshqa mulkiy turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!