Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Aleksey Ulyukaev pora bilan qo`lga tushdi

11:51, 16 noyabr

Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Aleksey Ulyukaev maxsus modda bilan ishlov berilgan, pora joylangan keys bilan qo`lga tushdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Keysga ishlov berilgan maxsus moddaning zarralari Aleksey Ulyukaevning qo`lidan topilgan. Ma`lumotlarga ko`ra, Ulyukaev 1 million dollar solingan keysni  “Rosneft” ofislaridan birida pora sifatida olgan va ikkinchi keysni esa mashinaga eltib berishlariga ko`ngan. 

Ulyukaevning himoyachisi uning pulga emas, bor-yo`g`i keysga qo`l tekkizganligini ta`kidlagan. Nashrning axborot berishicha, keysga maxsus modda bilan juda kuchli ishlov berilgan.

Sud qo`lga olingan vazirni 2017 yilning 15 yanvariga qadar uy qamog`iga hukm qilgan. Tergovchilar uni katta miqdorda pora olganlikda ayblamoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Aleksey Ulyukaevni ishonchni yo`qotganligi sababli Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri lavozimidan ozod etgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!