Angliya terma jamoasi o`rtoqlik o`yinida Ispaniya bilan jangovar durang qayd etdi (Video)

13:02, 16 noyabr

Futbol bo`yicha Angliya terma jamoasi o`rtoqlik o`yinida Ispaniya terma jamoasi futbolchilariga qarshi o`z maydonida bahs olib bordi. Qiziqarli kechgan o`yinda 2:2 hisobi qayd etildi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida Adam Lallana penaltidan hisobni ochgan bo`lsa, 48-daqiqada Jeymi Vardi Angliya ustunligini oshirdi. Bahsning eng qiziq pallasi o`yin yakunida sodir bo`ldi.

89-daqiqada Yago Aspas hisobni qisqartirishga muvaffaq bo`ldi. 90+6-daqiqada esa “Real” a`zosi Isko Ispaniya terma jamoasini mag`lubiyatdan saqlagan gol muallifiga aylanldi.

Angliya – Ispaniya 2:2 (1:0, 1:2)

Gollar:  1:0 – 9, penalti Lallana, 2:0 – 48 Vardi, 2:1 – 89 Aspas, 2:2 – 90 Isko.

Angliya – Xart (Xiton, 46), Rouz (Kressuell, 79), Klayn, Keyxill (Djagelka, 46), Stounz, Lallana (Uolkott, 27), Dayer, Sterling (Taunsend, 65), Lingard, Xenderson, Vardi (Reshford, 67).

Ispaniya – Reyna, Aspilikueta, Karvaxal, Nacho, Martines, Alkantara (Errera, 56), Mata (Aspas, 46), Vitolo (Koke, 46), Buskets (Nolito, 78), Silva (Isko, 64), Aduris (Morata, 64).

Ogohlantirishlar:   Sterling (29), Martines (30), Uolkott (31), Rouz (45), Aspas (65), Karvaxal (75).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!