Italiya Germaniya bilan, Fransiya esa Kot-d`Ivuar bilan durang o`ynadi

15:00, 16 noyabr

UEFA mintaqasidan JCh–2018 turniriga saralash bosqichi 4-turidan keyin Evropa yashil maydonlarida o`rtoqlik o`yinlari bo`lib o`tdi.

Italiya terma jamoasi o`z maydonida Germaniya bilan kuch sinashib, nursiz durang qayd etdi. Fransiya va Kot-d`Ivuar terma jamoalari o`rtasidagi o`yinda ham hisob ochilmadi.

Avvalroq Angliya va Ispaniya 2:2 hisobida durang o`ynagani haqida ma`lum qilgandik. Quyida boshqa natijalar bilan ham tanishing.

Italiya – Germaniya 0:0 (0:0, 0:0)
Italiya – Buffon (Donnarumma, 46), Bonuchchi, Romanoli (Astori, 46), Darmian, Rugani, Parolo, de Rossi, Dzappakosta, Eder (Bernardeski, 68), Immobile (Dzadza, 89), Belotti (Sansone, 88).
Germaniya – Leno, Xevedes, Mustafi, Xummels (Ta, 46), Kimmix, Vaygl (Getse, 70), Gerxardt, Gyundogan, Rudi, Goretska (Gnabri, 60), Myuller (Folland, 60).
Ogohlantirishlar:   Ta (61), Gyundogan (84).

Fransiya – Kot-d`Ivuar 0:0 (0:0, 0:0)
Fransiya – Kostil, Varan (Koselni, 46), Din, Sidibe (Korshya, 69), Rami, Pogba (Sissoko, 46), Kante, Rabo (Lemar, 78), Payet, Gameyro (Jiru, 63), Dembele (Fekir, 46).
Kot-d`Ivuar – Gbouo, Kanon, Kone, Traore, Kessie, Die (Angban, 86), Dukure (Diomande, 68), Gradel (Pep, 86), Ore, Kodjia, Kalu.
Ogohlantirish:  Die (4).

Ukraina – Serbiya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar:  1:0 – 38 Shaxov, 2:0 – 87, penalti Yarmolenko. 
Ukraina – Boyko, Krivsov, Ordes, Butko, Fedeskiy, Shaxov (Zinchenko, 77), Malishev, Sigankov (Yarmolenko, 65), Sidorchuk (Rotan, 46), Karavaev (Petryak, 46), Zozulya (Besedin, 62).
Serbiya – Raykovich (Yovanovich, 46), Toshich (Maksimovich, 83), Mitrovich, Peychinovich, Mladenovich, Toshich (Markovich, 46), Gudel, Katai (Mitrovich, 69), Radoya, Ignovski (Ivanovich, 77), Pavlovich (Peshich, 46).
Ogohlantirishlar:  Zozulya (61), Rotan (79), Ivanovich (87).

Chexiya – Daniya 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar:  1:0 – 8 Barak, 1:1 – 38 Yorgensen. 
Chexiya – Koubek (Pavlenka, 46), Suxi, Pudil, Gebre Selassie (Kaderjabek, 66), Kalas, Sikora (Maresh, 46), Kopis, Dochkal, Barak (Droppa, 81), Zmrgal (Souchek, 66), Shkoda (Krmenchik, 46).
Daniya – Rennov, Larsen, Durmisi, Belland (Vestergor, 46), Ker (Ankersen, 78), Shene, Vass (Andersen, 66), Fisher, Yensen, Yorgensen, Yorgensen (Gyutkyaer, 46).
 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!