Sarvar .Otamuratov surxondaryoliklar e`tiborini ijtimoiy sohada belgilangan vazifalarga qaratdi

15:33, 16 noyabr

2016 yil 16 noyabr kuni O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratovning Surxondaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, xotin-qizlar, yoshlar, mahalla faollari, partiya a`zolari va OAV xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuv Surxondaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarining saylovchilari bilan onlayn videokonferensiya orqali muloqot tarzida bo`lib o`tdi.

Uchrashuvni xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashidagi O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi guruhi rahbari Sayfullo Tursunov ochib berdi va olib bordi.

Dastlab nomzodning viloyatdagi ishonchli vakili Bahodir Xudoyqulov yig`ilganlarni Sarvar Otamuratov tarjimai holi bilan tanishtirdi. Shundan so`ng nomzod saylovoldi Dasturining asosiy yo`nalishlari yuzasidan nutq so`zladi.

Nomzod “Milliy tiklanish – avvalambor milliy o`zlikni anglash demakdir”, “Milliy manfaatlar va milliy qadriyatlarimiz himoyasi – bosh vazifamiz”, “Farzandlari sog`lom va barkamol yurt qudratli bo`lur”, “O`z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo`q”, “Barkamol avlod – millat tayanchi” tamoyili ostida ma`naviy-ma`rifiy, siyosiy va sud-huquq, iqtisodiyot, ijtimoiy, axborot, sport va tashqi siyosat sohalarida bir qator vazifalar belgilanganini aytib o`tdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining maqsadi – milliy tiklanishdan milliy yuksalishga erishish g`oyasini amalga oshirish, ichki siyosatda iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishi, xalqimizning farovonligi oshishi, mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, tashqi siyosatda milliy manfaatlarni himoyalash va maqsadli ilgari surish, O`zbekiston xalqining milliy-madaniy va ma`naviy-axloqiy qadriyatlari, urf-odatlarini saqlash va boyitishdan iborat ekanligini alohida e`tirof etdi.

Shundan kelib chiqqan holda saylovoldi Dasturda milliy o`zlikni anglash, milliy g`urur va qadr-qimmat tuyg`usini mustahkamlash, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi turmush sifati, darajasi va farovonligini oshirish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish belgilangan.

Uchrashuvda nomzod saylovchilarni saylovoldi Dasturi bilan tanishtirar ekan, surxondaryoliklar e`tiborini ijtimoiy sohada belgilangan vazifalarga qaratdi.

Sarvar Otamuratov ta`kidlaganidek, bugun jahonda oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Sayyoramizda aholi soni jadal ko`payib borayotgan bir vaqtda, ayrim davlatlarda bu borada o`ta tanqislik kuzatilayotgani ijtimoiy va siyosiy muammolarni yuzaga keltirmoqda. Xalqaro tashkilotlarning ma`lumotlariga qaraganda, bugun dunyoda har sakkiz odamdan biri to`yib ovqatlanish imkoniyatiga ega emas. 

Qolaversa, bugungi kunda atrof-muhit ifloslanishi hamon davom etmoqda. Iqlim o`zgarishlarining salbiy oqibatlari yaqqol ko`zga tashlanmoqda Qurg`oqchilik, suv resurslari taqchilligi, turli kimyoviy moddalarni tinimsiz ishlatish natijasida erlarning tabiiy holati yo`qolayotgani kuzatilmoqda. Ana shu misollarning o`zi bugun mazkur masala naqadar dolzarbligini ko`rsatadi.

Shundan kelib chiqib, nomzod o`z Dasturida aholining ov¬qatlanish xilma-xilligini kengaytirish, mamlakatimizda sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko`paytirish va bunda genlarni modifikasiya qilish usulidan foydalanishni cheklash kabi ustuvor vazifalarni belgilagan.

Uchrashuvda nomzod Dasturning boshqa sohalariga ham to`xtalib o`tdi. Dasturda xorijiy mamlakatlar kutubxona, arxiv va muzeylarida saqlanayotgan moddiy boyliklarni O`zbekistonga qaytarish, oila, meros, uy-joy da`vosi va maishiy turmush manbaida tug`iladigan nizolarni sudgacha hal etish tizimini rivojlantirish, tarixiy shaharlar va ochiq osmon ostidagi muzeylarni qayta ta`mirlashga qaratilgan yirik loyihalarni amalga oshirish, milliy axborot xavfsizligini ta`minlash kabi bir qator ustuvor vazifalar belgilangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!