Yuzi olovda erigan qiz jarroh yaratgan mo``jiza tufayli asliga qaytdi

17:08, 16 noyabr

Zubayda Hasan oilasi bilan Afg`onistonning chekka qishlog`ida yashagan, deb xabar berdi “Topfact.su”  nashri. 

2001 yilda qizcha 9 yoshdaligida sodir bo`lgan yong`in uning hayotini ostin-ustin qilib yubordi. Olovdan qizchaning tanasi, ayniqsa yuz qismi kuchli kuygan. Kuyish oqibatida uning yuzi oqib tushib, bo`yni bilan birlashib ketgan. Zubaydaning ota-onasi mahalliy vrachlarga murojaat qiladi, ammo ular qizning yuzini asl holiga qaytarishga ojizliklarini tan olishadi. Shunda Zubaydaning otasi qizni AQSh harbiy bazasiga olib borib, yordam so`raydi.

Uning ahvolini tushungan harbiylar qizga yordam berishga qaror qilishadi. Zubayda kuchli og`riqlardan azoblanar, terisining tortilishidan na o`tira olar, na yota olardi. Harbiylar Los-Anjelos shahridagi plastik jarroh bilan aloqaga chiqishadi. U qizchani operasiya qilishga ko`nadi. Ular gaplashgan vrach aynan kuygan odamlarni operasiya qilishga ixtisoslashgandi.

Doktor Grossman uni oldinda mushkul vazifa kutib turganini yaxshi bilardi. U Zubaydaning ota-onasiga bu juda uzoq jarayon ekanligini, vaqt kerakligini, bitta operasiya bilan ish bitmasligini, qizcha bir necha operasiyani boshdan o`tkazishi lozimligini tushuntiradi.

O`tkazilgan bir necha operasiyalar davomida qizchaning elka qismidan teri ko`chirib o`tkaziladi va qizning yuzi o`z holiga qaytadi. Bu haqiqatan ham juda nozik operasiya edi. 

Zubayda o`n ikkinchi operasiyani boshdan kechirgandan keyin doktor Grossman rafiqasi bilan kelishib, o`ziga kelguncha uni uyiga olib ketishga qaror qiladi. Qizcha doktorning uyida uning chandiqlaridan qo`rqmaydigan tengdoshlari bilan do`stlashadi. Zubayda doktor va uning rafiqasiga mehr qo`yganidan ularni “dada”, “oyi” deb chaqira boshladi. Uning davolanib, batamom tuzalishi 3 yilga mo`ljallangan bo`lsa-da,  1 yilda asl holiga qaytdi. Doktor Grossmanning shaxsan o`zi tuzalgandan keyin Zubaydani Afg`onistonga ota-onasining oldiga olib bordi. Zubayda va uning yaqinlari, ota-onasi bunday mehribon va oqko`ngil doktordan bir umrga minnatdor bo`lishdi!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!