“Barselona” xorvatiyalik himoyachi bilan muzokaralar o`tkazadi

08:35, 17 noyabr

Ukrainaning “Shaxtyor” klubi sardori Dario Srna “Barselona” jamoasi vakillari bilan muzokaralar o`tkazadi, deb ma`lum qilmoqda “Championat.com” nashri.

Ma`lumotlarga ko`ra, xorvatiyalik himoyachi qishki transfer oynasida kataloniyaliklar safini tark etadigan Aleysh Vidalning o`rnini bosadi.

“Shaxtyor” prezidenti Rinat Axmetov futbolchiga “Barselona” tomonidan qizqish borligini tasdiqlagandi va amaldagi shartnoma borligiga qaramay uni qo`yib yuborishga tayyor edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!