Aktrisa Shahzoda Matchonova unashtirildi(Foto)

09:56, 17 noyabr

Aktrisa Shahzoda Matchonova turmushga chiqmoqda. Bu haqda aktrisa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ma`lum qildi. 

Shahzoda nikoh uzugi taqilgan barmog`i aks etgan suratni Instagram`dagi sahifasiga joyladi. Bundan esa aktrisa hayotidagi muhim bosqich oldida turganini payqash mumkin. Uning hamkasblari va yaqinlari Shahzodani unashtiruv bilan qutlab, baxt-saodat tilamoqda. Aktrisani   mashhurlardan xonanda Ruxshona, dizayner Dildora Qosimova, aktrisa Gulnora Qosimova, klipmeyker Yodgor Nosirov, boshlovchi Oyxon Iforzodalar tabrikladi. 

Shahzoda bundan avval ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali bir necha marotaba sevgan insonini uchratganiga ishora qilgan edi. Jumladan, postlaridan birida u sevgan insoni uni qanday bo`lsa, shundayligicha qabul qilishini ma`lum qilgan edi. 

Biroq Shahzoda tanlagan umr yo`ldoshini hali ommaga ko`rsatmagan. 

Fursatdan foydalanib, aktrisani “Darakchi.uz” tahririyati nomidan mazkur quvonchli kun bilan muborakbod etamiz!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!