12 kun parhez qiling va modelga aylaning

10:20, 17 noyabr

1-kun. Kun davomida 2-3ta qaynatilgan tuxum va cheklanmagan miqdorda mevalar, sabzavotlar eng.

2-kun. 1 l. kefir va 500 gr. yog`siz tvorog  eng.

3-kun. Cheklanmagan miqdorda hom meva va sabzavotlar  eyishingiz, 1 l. kefir, 1 l. meva sharbati ichishingiz mumkin.

4-kun. 500 gr. tovuq go`shti yoki baliq  eng, 1 l. kefir iching.

5-kun. 500 gr. tvorogni yog`siz smetana bilan iste`mol qiling. 1 l. kefir iching.

6-kun. Bugun esa sabzavotli  engil salatlar va 300 gr. tovuq go`shti tanovvul qiling.

7-kun. Va nihoyat non va go`shtga gal keldi.150 gr. mol go`shti, pomidor va bodringdan o`simlik yog`i qo`shilgan salat eyishingiz mumkin.

8-kun. 150 gr. baliq, 2 bo`lak qora non, cheklanmagan miqdorda pomidor va bodringli salat  eng.

9-kun. 2 ta qaynatilgan tuxum, 150 gr. mol go`shti, 4 bo`lak qora non, sabzavotli salatlar va kefir.

10- kun. Oxirlay deb qoldik. 1 l. kefir, meva va sabzavotlardan qancha xohlasangiz shuncha  eng.

11-kun. Qirqiga chidagan qirq  biriga ham chidang. Axir go`zal bo`lish osonmi?! 300 gr. tovuq go`shti, 2 ta tuxum, va to`yguningizcha sabzavotli salatlardan  eng.

12-kun. Tabriklaymiz, endi sizning podiumda viqor bilan yurgan xonimchalardan kam joyingiz yo`q. So`nggi kunda esa 4 dona qaynatilgan  tuxum, 1 l. kefir va turli-tuman mevalardan  eb, parhezni tamomlang. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!