Homiladorlikning siz bilmagan 7 belgisi

10:40, 17 noyabr

1.    Kichik xayz ko`rishlar. Homiladorlikda yaqin orada xayz ko`rish mumkin emasligiga kafolat berilmaydi. Xayz kunlari boshlandi, demak bu safar ham homilador bo`lolmadim, deyishga shoshmang. Aslida, bunday kichik xayz ko`rishlar homiladorlikning ilk davrlarida bo`lishi mumkin. 5-10 kun davomida tuxum xujayralar bachadon devoriga yopishib o`rnashadi, ana shu jarayonda kichik xayz ko`rish holatlari kuzatiladi.

2.    Teri rangining o`zgarishi. Kindik atrofi,  ko`krak so`rg`ichi, yonoqlar  to`qroq rangga kiradi. Homiladorlikning boshlang`ich davrida gormonlar o`zgarishi natijasida bu holat yuz beradi.

3.    Bachadon bo`yinchasidagi sanchiqlar. Xuddi xayz ko`rish davridagi og`riqlarday sanchiqlar bo`lishi homiladorlik alomatlaridan biridir.

4.    Jinsiy aloqaga moyillik susayishi. Birinchi 3 oylikda bu tabiiy va ko`p kuzatilgan holat.

5.    Ko`rish qobilyatining ozroqhiralashuvi. Bu holat kamdan kam hollarda uchraydi.

6.    Tushuntirib bo`lmas darajada kuchsizlik, holsizlik. Homilador ona organizmi yangi pallani boshidan kechirib, yangi hayot barpo etilishi yo`lida tinmay mehnat qilarkan bu ajablanarli emas.

7.    Vazn esa umuman o`zgarmasligi mumkin.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!