Nomzodlar ijtimoiy tarmoqlardagi soxta akkauntlaridan ogohlantirishdi

10:41, 17 noyabr

Barchangizga ma`lumki, joriy yilning 4 dekabr sanasida bo`lib o`tadigan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan, barcha nomzodlar o`zlarining saylovoldi tashviqotini olib borishmoqda. Jumladan, internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda ham nomzodlarning rasmiy sahifa va akkauntlari mavjud bo`lib, unda nomzodlar global tarmoq orqali saylovchilar orasiga chuqurroq kirib borishga harakat qilmoqda.

Lekin, yurtimizdagi mazkur jarayonni g`arazli niyatlarda kuzatib turgan ba`zi insonlar ushbu nomzodlarning ijtimoiy tarmoqlarda soxta akkauntlarini ochib, go`yo nomzodlar nomidan turli nomaqbul fikrlar, nojo`ya ma`lumotlarni tarqatishmoqda. Bu o`z navbatida, nomzodlarning haqiqiy akkaunt va sahifalari qaysi biri ekanligi borasida foydalanuvchilarda shubha va adashmovchiliklarning yuzaga kelishiga sabab bo`lmoqda.

Bu kabi tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida, “Adolat” SDP o`z nomzodining rasmiy sahifalarini havola qildi.

Umarov Narimon Majitovichning Facebook ijtimoiy tarmog`idagi rasmiy sahifasi: https://www.facebook.com/n.m.umarov/

Twitter ijtimoiy tarmog`idagi rasmiy sahifasi: https://twitter.com/umarov_nariman 

Hurmatli saylovchilar, internetdagi turli soxta akkaunt va sahifalardan ehtiyot bo`ling!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!