O`zbekiston milliy terma jamoasidan chaqiruv kutayotgan futbolchilar o`nligi

12:21, 17 noyabr

“Championat.asia” nashri bugungi kunda terma jamoamizning kengaytirilgan ro`yxatidan ham joy ola bilmayotgan futbolchilarning ro`yxatini tuzib chiqdi.

Quyida O`zbekiston milliy terma jamoasiga loyiq bo`lgan futbolchilar bilan tanishing:

1. Temurxo`ja Abduxoliqov (hujumchi)

"Lokomotiv" hujumchisi ayni paytda oliy liganing to`purari bo`lib turibdi. Ammo unga hozircha MTJda imkoniyat berilmadi.

2. Sanjar Tursunov (yarim himoyachi)

"Vorskla" sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachimiz terma jamoaning doimiy a`zosi edi. Garchand, Ukrainada yaxshi harakat qilayotgan bo`lsada, uni so`nggi o`yinlarda ko`rmayapmiz.

3. Sherzod A`zamov (himoyachi)

"Nasaf" himoyachisi hech bo`lmasa kengaytirilgan tarkibdan joy olishga haqli o`yin namoyish qilayapti. Unga oliy liganing etakchi jamoasidan takliflar mavjud.

4. Akrom Komilov (himoyachi)

Denisovda muammo sezilgudek bo`lsa, uning o`rnini munosib egallashi mumkin bo`lgan o`yinchi. Hozirdan uni terma jamoaga jalb etib, 2022 yilgi saralash bahslariga tayyorlab borish kerak.

5. Akmal Shorahmedov (himoyachi)

Birgina avtogol tufayli tanqidga ko`milib ketgan himoyachi, MTJning eng ojiz bo`lgan nuqtasiga ideal nomzod.

6. Sanjar Shoahmedov (yarim himoyachi)

Haydarov va Jeparov jarohat olgan paytlarda, mana shu futbolchidan foydalanish mumkin bo`lardi.

7. Shohruz Norxonov (hujumchi)

Hech bo`lmasa o`rtoqlik o`yinlarida 20-25 daqiqa imkoniyat berish orqali uning haqiqiy saviyasini bilib olishimiz kerak. 2017 yil Norxonovni etakchi klublarimizda ko`rishimiz aniq.

8. Shavkat Salomov (yarim himoyachi)

Salomovning aksar yarim himoyachilardan farqi, u hujum chizig`iga ham o`ta olishi. Maydon markazida yaxshi harakat qiladi.

9. Murod Zuxurov (darvozabon)

2016 yilgi mavsumda kutilganidan ham ziyod o`yin ko`rsatgan darvozabon, bu Murod Zuxurov. Oliy ligada eng kam golni u o`tkazdi, 11ta. Bu oliy ligada so`nggi 5 yillikning eng yaxshi natijasi.

10. Rustam Ashurmatov (himoyachi)

Ertangi kun uchun Ashurmatovni hozirdan tayyorlab borishimiz lozim. Bugun zaxirada o`tirganlarning aksari 2022 yilgi saralash bosqichida MTJ safida bo`lmaydilar.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!