Hind siyosatchisi qizining to`yi uchun 5 milliard rupiy pul sarfladi

12:33, 17 noyabr

Hindistonlik siyosatchi Gali Janardxan Reddi qizi Braxmanining to`yi uchun 5 milliard rupiy (75 million dollarga yaqin) pul sarfladi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

To`yga taklif etilgan mehmonlarga  tilla suvi yugurtirilgan taklifnomalar tarqatilgan. Mehmonlarni Bollivud yulduzlari xushnud qilgan. Hindistonda pul inqirozi yuzaga kelib turgan og`ir vaziyatda uning bunday serxarajat, dabdabali to`y qilgani ko`pchilikning noroziligiga sabab bo`ldi. Hukumat korrupsiya, qalbaki pul ishlab chiqaruvchilarga qarshi kurashish maqsadida 500 va 1000 rupiyalik kupyuralarni muomaladan olib tashlagani sababli mamlakat fuqarolari eski kupyuralarni topshirib, yangilarini olish uchun uzundan-uzoq navbatga turishibdi.  Shunday og`ir vaziyatda siyosatchining bunday ortiqcha xarajati aksariyat odamlarning tanqidiga sabab bo`ldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!