“Barselona”ning uch nafar himoyachisi mashg`ulotlarga qaytdi

12:37, 17 noyabr

“Barselona” klubi himoyachilari Jerar Pike, Jordi Alba va Jeremi Matyo kataloniyaliklarning umumiy mashg`ulotalariga qaytdi. Bu haqda “Sportarena.com” xabar bermoqda.

Yuqorida ta`kidlangan 3 nafar futbolchi “Malaga”ga qarshi Ispaniya chempionati 12-tur o`yinida maydonga tusha oladi.

Eslatib o`tamiz, Pike va Alba “Manchester Siti”ga qarshi (4:0) EChL 3-turida, Matyo esa “Espanol”ga qarshi  (0:1) Kataloniya Superkubogida jarohat olgandi.

Ma`lumot uchun, “Barselona” va “Malaga” o`rtasidagi o`yin 19 noyabr kuni bo`lib o`tadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!