O`zbekistonda keyingi hafta anomal sovuq harorat kuzatiladi

15:30, 17 noyabr

Bu haqda Darakchi.uz nashriga O`zgidromet Markazidan xabar berishdi.

19 noyabr shanba kuni Respublikada havo harorati keskin pasaya boshlaydi. Buning sababi esa Rossiyaning Shimoliy Ural hududidan kirib keladigan sovuq havo oqimi. 

21 noyabrga kelib havo harorati tunda 2 -7˚S sovuq, kunduzi esa -2 ˚S … +3 ˚S ushlanib turadi. Mamlakatimizning shimoliy hududlarida sovuq rekord darajani qayd etadi: kechasi termometr ustuni –13 -18˚S, kunduzi 3-8 ˚S sovuq bo`ladi.

19 noyabr kuni Toshkentda yomg`ir yog`adi, 20-21 noyabr kuni yomg`ir qorga aylanadi. Shamol 17-22 m/c tezlikka kuchayadi.

Bunday noyabr uchun iqlim me`yoridan 8-10 daraja past anomal harorat bir hafta davom etadi (chamasi 27 noyabrga qadar).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!