Gulistonda taksi haydovchisiga pichoq bilan tahdid qilgan fuqaro qo`lga olindi

16:04, 17 noyabr

Guliston shahrida yashovchi fuqaroning "Matiz" rusumli avtomashinasida yo`lovchi sifatida kelayotgan fuqaro haydovchiga pichoq o`qtalib, tahdid qilib, tan jarohati etkazib, ma`lum miqdordagi pullarini olib, avtomashinani haydab qochayotganida shu hududda xizmat olib borayotgan Sirdaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan ushlangan, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.  

Ushbu holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!