Xorazmlik maktab direktorining kirdikorlari fosh etildi

16:37, 17 noyabr

U muassasada ishlamagan yaqinlarining nomiga ham hujjat rasmiylashtirib,  7 mln. 237 ming so`mni hiyla bilan qo`lga kiritgan.

Lavozim borki, o`ziga yarasha mas`uliyati bo`ladi. Ayniqsa, mansabdor shaxs bo`lish oson emas. Jumladan, maktab direktori ko`p sonli jamoaning boshlig`i, ta`lim-tarbiya dargohining mutasaddisi sanalib, har bir hodisaga e`tiborli bo`lishi, o`zining va jamoa faoliyatini qonun talablari asosida tashkil qilishi lozim. Ammo “Huquq” gazetasining 39-sonida keltirilgan jinoyat tafsilotida Xorazm viloyati Bog`ot tumanidagi umumta`lim maktablarining birida direktorlik qilgan Anvarbek Qurbanov (ism-familiyalar o`zgartirilgan) bunday majburiyatlarni nazar-pisand qilmadi. U 2009 yildan 2015 yil 3 sentyabrga qadar ayni shu muassasada boshqaruv lavozimida ishlagan.

Surishtiruv jarayonida ma`lum bo`lishicha, u ikki marotaba maktabga tegishli temir quvurlarni sotib yuborgan. Sotuvdan tushgan 1 mln. 500 ming so`m pulni esa cho`ntagiga joylagan. Shuningdek, maktabda mavjud bo`lgan 15 turdagi jami 5 mln. 746 ming so`mlik tovar-moddiy boyliklarni ish-chilarga berib yuboradi.

Bu orada turmush o`rtog`i, singlisi hamda o`g`lini maktabda ishlamagani holda qorovul, o`t yoquvchi lavozimlariga rasmiylashtirib qo`yadi. Ularning nomiga ish haqi hisoblaydi. To`lovvedomostlariga o`zi imzo chekib boraveradi. Yil-lar davomida ushbu hiylasi evaziga qo`lga kiritgan mablag`i 7 mln. 237 ming so`mni tashkil qildi.

Albatta, A.Qurbanov bu kabi talon-torojliklarni bir o`zi amalga oshirmagan. Unga xo`jalik ishlari mudiri R.Xo`jaev ko`maklashgan ekan. Ularning har ikkisi qilmishlari uchun qonun oldida javob berishlariga to`g`ri keldi

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!