Gollandiyaning Gitxorn qishlog`ida na ko`cha, na mashina bor

16:47, 17 noyabr

Sizni jannatning bir bo`lagi bo`lgan, Venesiyani eslatuvchi Gollandiyaning tabiati go`zal qishloqlaridan biriga taklif etamiz, deydi “Onedio.ru” nashri.

Gitxorn qishlog`i Niderlandiyaning Overeysel viloyatida joylashgan. 

Rejissyor Bert Xanstr 1958 yilda suratga olgan “Fanfarlar” komediyasidan so`ng Gitxorn qishlog`i dunyoga mashhur bo`ldi. 

Ariqlar va ko`priklar (180 ta) ko`pligi uchun qishloqni “Niderland Venesiyasi” deb atashadi.

Qishloq Venesiyaga o`xshatilgani bilan sayyohlar tashrif buyurmaydi. 

Bundan xitoyliklar mustasno, bu erga tasodifan kelib qolgan xitoyliklarga qishloq xush kelgani bois, tez-tez qadam ranjida qiladigan bo`lib qolishgan.

Hozirda tinch va osoyishta go`zal manzarali qishloqda 2620 ga yaqin odam istiqomat qiladi.

Gitxorn tarjima qilinganda “echki shoxi” degan ma`noni anglatadi, bu nom unga bir necha asrlar ilgari berilgan.

Qishloqda biror ko`cha yo`q, ko`cha bo`lmagandan keyin avtomashina haqida gap ham bo`lishi mumkin emas, qatnov suvda qayiqlar orqali amalga oshiriladi. Demak, havoning buzilishi haqida gap ham bo`lishi mumkin emas.

Yolg`on bo`lmasin, velosiped qatnovi uchun birgina yo`lakcha yaratilgan.

Sayyohlar bu erga qayiqda suzib, rohatlanish uchun ham tashrif buyurishadi.

Ariqlarning ikki tarafida restoranlar va mahalliy hunarmandlarning do`konlari joylashgan.

Qishda esa go`zal qishloq ertaklardagi kabi sehrli qiyofaga kiradi!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!