Muddatidan oldin ovoz berish vaqti belgilandi

16:55, 17 noyabr

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazuvchi 7-Samarqand okrug saylov komissiyasining navbatdagi majlisida saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish haqidagi masala ko`rib chiqildi. 

“O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida”gi qonunning 31-moddasiga ko`ra, saylov kuni o`z yashash joyida bo`lmaydigan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega, deya xabar beradi O`zA. Muddatidan oldin ovoz berish saylovga o`n kun qolganida boshlanadi va saylovga bir kun qolganida tugallanadi. 

Okrug hududidagi saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish 2016 yil 24 noyabr kuni boshlanib, 2 dekabr kuni yakunlanishi to`g`risida qaror qabul qilindi. Saylovchi ushbu kunlarda soat 9.00 dan 18.00 ga qadar uchastka saylov komissiyalariga murojaat qilishi mumkin. Muddatidan oldin ovoz berish vaqti ommaviy axborot vositalarida e`lon qilinadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!