Burun oqqanda… uy sharoitida qanday yo`l tutish lozim?

09:56, 18 noyabr

Xantal kukuni

Paypoq kiyishdan oldin har birining ichiga 1 osh qoshiqdan xantal kukuni sepib oling va kun davomida ularni echmang. Uyqudan oldin esa xantal kukuni qo`shilgan iliq suvga oyoqlaringizni 10 daqiqa solib o`tiring.

Sarimsoq piyoz

3 bo`lak sarimsoq piyozni tozalab, ezib, ustidan 1/4 stakan qaynoq suv quying-da, 2 soat damlab qo`ying. Keyin dokadan suzib olib, burningizga tomizing.

Asal

2 ta gugurt cho`piga paxta o`rab, ularni asalga botiring-da, burun kataklariga solib qo`ying. Shu holda 10-15 daqiqa tursin. Qarabsizki, burningiz top-toza bo`ladi.

Aloe

Yarim stakan suvga 1 choy qoshiq tuz soling. Shu namakob bilan burunni yuvib, keyin har bir katagiga 3-5 tomchi aloe suvi tomizing.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!