Qoshlaringiz yaxshi o`sishdan to`xtab, noziklashib qolgan bo`lsa...

10:04, 18 noyabr
  • Ikki oy davomida har kuni kechki payt bodom yog`ini ilitib, 15 daqiqaga surting.
  • Yuzingizni sovun bilan yuvganingizda quruqlashib qolayotganini his qilishingiz mumkin. Bargizub, ittikanak (chereda), yalpiz, moychechakning har biridan yarim choy qoshiqdan olib, 1 stakan qaynagan suvda damlang. 10-20 daqiqa tindirib, suvini suzib oling va 1 choy qoshiq kraxmal qo`shing. Bu damlama bilan ertalab va kechqurun yuzingizni yuving. U sovun vazifasini o`taydi, teringizni quruqlashtirib yubormaydi.
  • 2 choy qoshiq asalga 1 choy qoshiq manniy krupasi qo`shib aralashtiring. Aralashmani yuzingizga va, ayniqsa, qora nuqtalar bor joylariga yaxshilab uqalovchi harakatlar bilan surting. U terini tozalab, qora nuqtalarni yo`qotishga yordam beradi.
  • 2 osh qoshiq asalni 3 osh qoshiq qaymoq, 3 tomchi retinol (vitamin A)ni yarim stakan manniy krupasi bilan aralashtiring. Dushga kirganingizda avval teringizni namlab, keyin bu niqobni surtishingiz mumkin. Ayniqsa, tananing sellyulitli qismlarini yaxshilab ishqalash lozim.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!