Dunyo tarixida muhim o`rin tutgan rahbarlarning bolaligi o`tgan uylar (Foto)

10:23, 18 noyabr

Hozir bu insonlarni butun dunyo taniydi, hamma hurmat qiladi, quloq soladi, ularning hukmronligidan cho`chib turishadi, deb xabar beradi “Onedio.ru” nashri.

Buyuk etakchi rahbarlarning ilk qadamlari qaerdan boshlangan? Ularning bolaligi o`tgan uylarga nazar tashlasak, kichkina kvartiralardan tortib, ulkan uylargacha ko`zimiz tushadi.

1. Vladimir Putin
Rossiyaning hozirgi prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgdagi uch xonali kommunal kvartirada ulg`aygan. Bu erda ularning oilasidan tashqari yana ikki oila istiqomat qilgan.

2. Barak Obama
Barak Obama esa Gavayyaning Gonolulusidagi uncha katta bo`lmagan bungalolardan birida buvisi va buvasining qo`lida voyaga etgan.

3. Devid Kemeron
Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri boy oiladan chiqqan bo`lib, Angliyaning Pisemor qishlog`idagi pomestelaridan birida o`sgan.

4. Angela Merkel
Germaniya federal kansleri voyaga etgan Gamburgdagi uy uning hozirgi Berlindagi qarorgohidan juda ham katta farq qilmaydi.

5. Margaret Tetcher
Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Angliyaning Granteme shahridagi ko`katfurush otasi do`konining ikkinchi qavatida kichkina kvartirada yashagan.

6. Adolf Gitler
Nasistlar Germaniyasining sobiq etakchisi Avstriyaning Lending shahrida joylashgan ixchamgina uyda ulg`aygan.

7. Jastin Tryudo
U hozir ham bolaligi o`tgan uyda yashaydi. Bu uy Ottavada joylashgan bo`lib, qurilganiga 148 yil bo`lgan, Kanadaning o`n beshinchi bosh vaziri bo`lgan otasining qarorgohida yashaydi. U otasining ishini davom ettirmoqda.

8. Bill Geyts
Microsoft  ning hammuassisi bo`lgan  Bil Geytsning bolaligi AQShning Sietl shahridagi ko`llardan birining yonida joylashgan  xilvat uyda o`tgan.

9. Stiv Djobs
Stiv Jobs AQShning Kaliforniya shtatidagi Los-Altos shahrida voyaga etgan. U ilk Apple kompyuterini yaratgan uy tarixiy makonga aylandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!