Bollivud aktrisasi Malika Sheravatga Parijda noma`lum shaxslar hujum qildi

11:13, 18 noyabr

Fransiyaning Parij shahrida Bollivud aktrisasi Malika Sheravatga noma`lum shaxslar hujum qildi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda

Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, aktrisa va model Malika Sheravatga uch nafar noma`lum shaxs hujum qilgan. 

Niqobli shaxslar aktrisaga tan jarohati etkazgan. Shundan so`ng ular aktrisani tunab, hodisa joyidan yashiringan. 

Hodisa guvohlari zudlik bilan tez yordam chaqirgan. 

Hujum Malika Sheravat o`zining Parijdagi uyiga kirayotganda, xonadon ostonasida yuz bergan. Ma`lumotlarga ko`ra, mazkur uy amerikalik teleyulduz Kim Kardashyanga hujum qilingan mehmonxona yaqinida joylashgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!