50 yosh xonimlarga shingil maslahatlar

11:31, 18 noyabr

50 yoshni qarshilagan ba`zi ayollar ortiqcha vazndan va ajinlar ko`payganidan nolisalar, boshqalari o`zlariga yarashmagan keng kiyimlarni kiyib, urfga umuman ahamiyat bermaydigan xonimlarga aylanadilar. Bu holat yuz bermasligi uchun quyidagi maslahatlarimizga amal qiling.

1.     50 yoshni qarshilagan ayollarga asosan  klassik usulda kiyinish tavsiya etiladi. Lekin bunday usulda kiyinsangiz, juda jiddiy ko`rinib qolmasligingiz kerak. Yorqin rangdagi ziraklar, tasmalar taqishni unutmang.

2.     Qomatingizdan uyalmang, aksincha unga urg`u bering. To`g`ri bichimdagi shimlar bilan, keng bichimdagi bo`ksani yopib turuvchi koftalar kiying yoki yopishib, qomatga mos turuvchi ko`ylak bilan pidjak kiysangiz, ham ko`rkam, ham yosh ko`rinasiz.

3.     O`z yoshingizga mos kiyining. Yosh ko`rinaman deb, bachkanalashmang.

4.     Xuddi oldingidek pardoz qilishga vaqtingizni ayamang. Iloji boricha, pardozni tabiiy va yumshoq, sokin ranglarda qiling. Yorqin rangdagi lab va ko`z bo`yoqlarir sizga yarashmaydi.

5.     Soch rangi va uni kestirishga alohida ahamiyat bering. Yorqin rangli soch bo`yoqlarini tinib-tinchimas o`spirin qizlarga qoldirish tavsiya etiladi. Baqlajon, kashtan rangli bo`yoqlardan foydalaning. Turmak tanlashni go`zallik salonlarida ishlovchi tajribali sartaroshlarga topshiring.

6.     Shaftoli rang, och pushtirang, qaymoqrang, shokolad rangli kiyimlar garderobingizdan o`rin egallasin.

7.     To`y-hashamlarda sizga 40 yosh berishlarini istasangiz, murakkab bichimli, bejirim, shuningdek, katta-katta gulli yoki naqshli ko`ylaklarga e`tibor qarating. Bunday liboslar qomatingizdagi nuqsonlarni berkitib, sizni yanada go`zallashtiradi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!