Internet foydalanuvchisi 8 soat mobaynida ag`anab ketayotgan likopchalarni saqlab qolish usulini izladi

11:54, 18 noyabr

Internetda ommalashgan Reddit forumi foydalanuvchisi yopiq turgan oshxona shkafidan ag`anab ketayotgan likopchalar aks etgan suratni o`z sahifasiga joyladi va boshqa foydalanuvchilardan qanday qilib idishlar sinmasligiga erishish mumkinligi haqida so`radi. Publikasiya muallifi bu jumboqni echish yo`lini 8 soat izladi. Biroq bu izlanish behuda ketdi, deb xabar beradi “Vesti”. 

Qayd etish joizki, Reddit`ning boshqa foydalanuvchilari post muallifiga astoydil yordam berishga urindi. 

“Shkaf oynasini sindiring, shundagina likopchalarni asrab qolish mumkin”,—deb yozdi foydalanuvchilardan biri. 

“Yaxshisi uyingni sot, bu boshqotirmani echish haqida uyning yangi egalarpi o`ylasin”,—dedi “maslahatchi”lardan biri. Yana bir internet foydalanuvchisi esa butun oshxonani par yostiqlar bilan to`ldirishni maslahat berdi. 

“Bu shkafni hech qachon ochma”,—dedi yana bir foydalanuvchi xazil aralash.   

Biroq, ma`lum bo`lishicha hech bir maslahat post muallifiga yordam bermagan. Sababi u tarmoqqa joylanganidan 8 soat vaqt o`tgach, internet foydalanuvchisi “Men uddasidan chiqolmadim”, deb yozdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!