Kseniya Sobchak ona bo`ldi

11:56, 18 noyabr

Teleboshlovchi Kseniya Sobchak ilk bor ona bo`ldi — 18 noyabr kuni u o`g`il farzand dunyoga keltirdi. Bu haqda u o`zining Instagram akkauntida xabar qoldirdi.

Sobchakning so`zlariga ko`ra, o`g`lining tug`ilgan kuni uning hayotidagi eng baxtli hodisa bo`ldi.

“18.11.16 endi eng baxtli kun. Men — ajoyib bolaning onasiman”, — deya izoh qoldirdi u surat ostiga. Chaqaloqning suratini Kseniya joylashni lozim topmadi.

2013 yilning fevralida Kseniya Sobchak aktyor Maksim Vitorgan bilan turmush qurgan. 35 yoshli teleboshlovchi uchun bu birinchi farzandi, 44 yoshli Vitorgan uchun esa uchinchi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!