“Lokomotiv”ning turkmanistonlik legioneri sochini tagi bilan oldirib tashlaydi

11:59, 18 noyabr

"Lokomotiv"ning turkmanistonlik legioneri Artur Gevorkyan tez orada sochini oldirib tashlaydi. Bu haqda "Championat.asia" xabar bermoqda

Artur Gevorkyan o`tgan yilgi intervyusida agarda O`zbekiston chempioni nomini qo`lga kiritsa unda sochini tagi bilan oldirib tashlashga va`da bergandi. Davralar oralig`ida "Loko"ga ko`chib o`tgach, uning bu boradagi imkoniyatlari yanada oshdi. O`shanda Gevorkyanga bu va`dasini eslatganimda (Shahboz Beg`amov), u men erkakman, gapimni ustidan albatta chiqaman, deya javob bergandi.

Endi Artur Gevorkyan yangi imijda oltin medalni qabul qilib olishini kutamiz.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!