O`zbekiston delegasiyasi Makka shahrida uchrashuv va muzokaralar o`tkazdi

12:10, 18 noyabr

2016 yilning 17 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi delegasiyasi Makka sharida Saudiya Arabistoni Podshohligining tashqi ishlar bo`yicha davlat vaziri Nizar Madani hamda IHTning yangi Bosh kotibi Yusuf Ahmad al-Usaymin bilan uchrashuv va muzokaralar o`tkazdi.

Uchrashuvlarda ikki tomonlama munosabatlarning holati va rivojlanish istiqbollari hamda oktyabr oyida Toshkent shahrida bo`lib o`tgan IHT tashqi siyosat idoralari rahbarlarining 43-sessiyasida e`lon qilingan tashkilot TIVKda O`zbekiston raisligining ustuvor vazifalarini amalga oshirishga doir masalalar batafsil muhokama qilindi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!